• Tohir Mahkamov - Jononimdan hech kim xabar bilarmikin

    Tohir Mahkamov

    Jononimdan

    Bu olamda Haqdin qo`rqib zor ingrasam,
    Oxiratda ruhim orom olarmikin?
    O`tganlarning bosgan izin ko`zga surtsam,
    Piri mug`on mani yo`lga solarmikin?

    Boshim egib, belim bog`lab qilsam ixlos,
    Nafsi shayton changalidan bo`lsam xalos,
    Jon berarda madad qilsa Hizr, Ilyos,
    U dunyoda Olloh rahm qilarmikin?

    Tog`u cho`llar gunohimdan qilmas toqat,
    Har kun yuz ming turli isyon menga odat,
    Bu ish bilan oxiratda bormu rohat,
    Tavba qilsam odatlarim qolarmikin?

    Boshim tanim tuproq qilib, fano bo`lsam,
    Diydortalab hasratida ado bo`lsam,
    Ahli ayol, xonumondin judo bo`lsam,
    Do`stlar, Hojam manga rahm qilarmikin?

    Ey osiylar, tavba qilg`il Haq eshitsin,
    Dodingizdan yeru ko`klar nola qilsin,
    Maloiklar Haqdin tilab ulush bersin,
    Ulush olgan qulni g`ami bo`larmikin?

    Aqlim hayron, ko`zim giryon, xonavayron,
    Haq yo`lini bilolmasmen, o`zim nodon,
    Ey do`stlarim, betoqatmen, qayda jonon,
    Jononimdan hech kim xabar bilarmikin?

    Ostonaga boshim qo`yib zori qilsam,
    G`arib-etim boshin silab duo olsam,
    Haqdin qo`rqib dunyo uchun ortga olsam,
    Hojam meni holi dilim so`rarmikin?

    Saharlarda zori qilib yig`lasam men,
    Jon berarda belim mahkam bog`lasam men,
    Ishqi birlan yurak bag`rim dog`lasam men,
    Haq chirog`i qabrim ichra yonarmikin?