Tohir Mahkamov - Ko'zlarimni yumib yashayman

Tohir Mahkamov

Ko’zlarimni yumib yashayman

Xayr sevgim, baxtga yor bo`ling,
Yo`lingizga jonim to`shayman. (x2)
Sizdan kechdim, ko`rib kuymayin,
Ko`zlarimni yumib yashayman,
Oh, ko`zlarimni yumib yashayman.

O`zga yorning sochini silab,
Sizni eslab, uni erkalab, {x2}
Yaratgandan toqatlar tilab, {x2}
Ko`zlarimni yumib yashayman,
Oh, ko`zlarimni yumib yashayman.

Siz o`zgaga, men o`zgaga yor,
Kim kimgayu, kimlarga kim zor, {x2}
Tushlarimda kutib intizor, {x2}
Ko`zlarimni yumib yashayman,
Oh, ko`zlarimni yumib yashayman.

Xayr sevgim, baxtga yor bo`ling,
Yo`lingizga jonim to`shayman.
Xayr sevgim, baxtga yor bo`ling,
Yo`lingizga jonim to`shayman.
Sizdan kechdim, ko`rib kuymayin…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’zlarimni yumib yashayman
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 8, 2016