Tohir Mahkamov - Masxaraboz

Tohir Mahkamov

Masxaraboz

(Kulganimga ishonmang –
Dilda qayg`u bir talay.
Kulib-kulib yengarman
Dardlarimni harqalay.

Kulganimga ishonmang –
G`amni aldab yuraman.
Garchi holim neligin
O`zim yaxshi bilaman.

Kulganimga ishonmang –
Kuldim dunyo ishidan.
Tosh chiqadi boy bergan
Kambag`alning oshidan.

Kulganimga ishonmang –
Alamlarga to`laman.
Xudo xohlagan kuni
Kulib turib o`laman.)

Men kim, oddiy bir masxaraboz,
Kuldiraman juda ham soz, (x2)
Kulmang, do`stlarim, siz bir nafas,
Men ham odam, masxaraboz emas. (x2)

Faqat Tangrim shundek yaratdi,
Sizni bizlarga lol qilib qaratdi, (x2)
Hazil – tagi zil, haq so`zni yaratdi,
Bizni, do`stlarim, masxaraboz deb atabdi. (x2)

Hayotning o`zi katta tomosha,
Har kimning libosi o`ziga yarasha,
Hayotning o`zi katta tomosha,
Har kimda niqob o`ziga yarasha,

Tangrim niqoblar ulashgan chog`i
Bizga tekkani masxaraboz niqobi. (x2)

Men kim, oddiy bir masxaraboz,
Kuldiraman juda ham soz, (x2)
Kulmang, do`stlarim, siz bir nafas,
Men ham odam, masxaraboz emas. (x2)

Kimdir u deydi, kimdir bu deydi,
Hamma menga bir kuldir deydi, (x2)
Bir axmoq gapi ma’qul tushsa,
Masxaraboz sho`rlik kaltak yeydi. (x2)

Men kim, oddiy bir masxaraboz,
Kuldiraman juda ham soz, (x2)
Kulmang, do`stlarim, siz bir nafas,
Men ham odam, masxaraboz emas. (x2)

Siz ham odam, masxaraboz emas,
Biz ham odam, masxaraboz emas. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Masxaraboz
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 6, 2016