• Tohir Mahkamov - Men sevgan qiz endi kelin

    Tohir Mahkamov

    Men sevgan qiz endi kelin

    Chimildiqlar dor bo`ldi,
    Mening ko`nglim zor bo`ldi,
    Baxt uyi mozor bo`ldi,
    Sevaman deb kuydi tilim,
    Men sevgan qiz endi kelin. (x2)

    Sevaman deb kuydi tilim,
    Men sevgan qiz endi kelin.

    Majnuntollar yig`laydi,
    Sevishimni bilmaydi,
    Sevib turib tegmaydi,
    Sevaman deb kuydi dilim,
    Men sevgan qiz endi kelin. (x2)

    Toshdek qotar daldalari,
    Og`ir botar zardalari,
    Yolg`on ekan va’dalari,
    Sevaman deb kuydi tilim,
    Men sevgan qiz endi kelin. (x2)

    Sevaman deb kuydi tilim,
    Men sevgan qiz endi kelin.

    Xun bag`rim yomon yonar,
    Yurakkinam dod solar,
    Yor ketar, armon qolar,
    Sevaman deb kuydi tilim,
    Men sevgan qiz endi kelin. (x2)

    Sevaman deb kuydi tilim,
    Men sevgan qiz endi kelin.

    Yig`lamagin zor yurak,
    Ko`ksim senga tor yurak,
    Suyganimiz – toshyurak,
    Sevaman deb kuydi tilim,
    Men sevgan qiz endi kelin. (x2)

    Farishta yor, yaxshi bor,
    Sevgim ko`nglingga tumor,
    Endi menga dunyo tor,
    Sevaman deb kuydi tilim,
    Men sevgan qiz endi kelin. (x2)

    Sevaman deb kuydi tilim,
    Men sevgan qiz endi kelin… {x5}