• Tohir Mahkamov - Meni doim eslab yur (Ko'zlarim yo'lingda)

    Tohir Mahkamov

    Meni doim eslab yur

    Oh, azoblaring dilim tilar, sen bilmading,
    Kulay desam, ko`zim yig`lar, sen bilmading,
    Eslamadi bir bor dema, go`zalginam,
    Eslaganim Xudo bilar, sen bilmading.

    Eh, nima qilay bir dalli-yu devonaman,
    Oyog`ingda xor etganing – ostonaman,
    Dilimda sen, lekin senga begonaman,
    Yuragimda armon yig`lar sen bilmading.

    Egilib mag`rur qaddim,
    Otdan tushsa omadim,
    Unutma muhabbatim,
    Meni doim eslab yur. (x2)

    Xushroq edi ko`nglimiz,
    Gulbog` edi ko`nglimiz,
    Begonamiz endi biz,
    Meni doim eslab yur. (x2)

    Baxtni olisdan kutdim,
    Orzularga gul tutdim, (x2)
    Goho seni unutdim,
    Meni doim eslab yur. (x2)

    Sevdim gul yuzni, degan
    Dilga jabr ko`p ekan,
    Chap ko`ksim to`la tikan,
    Meni doim eslab yur.

    Ko`nglim kuz, o`zim xazon,
    Ishq uvol, tole yolg`on, (x2)
    Ko`rishmasak, qadrdon,
    Meni doim eslab yur. (x2)