Tohir Mahkamov - Meni tashlab ketmagin

Tohir Mahkamov

Meni tashlab ketmagin

Kipriklaring ko`z yoshlardan egildi,
Mening qalbim alamlardan ezildi, (x2)
Qo`shiqlarim faryodlardan uzildi,
Ketma jonim, meni tashlab ketmagin. (x2)

Muhabbatni ardoqlagan bor bo`lsin,
Ikki dilni ajratganlar xor bo`lsin,
Muhabbatni ardoqlagan bor bo`lsin,
Ikkimizni ajratganlar xor bo`lsin,
Bir umrga sevgiga u zor bo`lsin,
Ketma jonim, meni tashlab ketmagin.

Kel, kelaqol, yuragimning darmoni,
Sevib yetolmagan qalbim armoni, (x2)
Bo`lmagin sen yolg`onchilarning yori,
Ketma jonim, meni tashlab ketmagin. (x2)

Ketma jonim, meni tashlab ketmagin… {x4}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Meni tashlab ketmagin
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 20, 2016