• Tohir Mahkamov - Muhabbating dillarimda

    Tohir Mahkamov

    Muhabbating dillarimda

    Muhabbating dillarimda,
    Noming yangrar tillarimda, (x2)
    Qalbimga sen o`t tashlading
    Navqiron, yosh yillarimda. (x2)

    Bu hayotda baxt shirin,
    Yoring bergan ahd shirin,
    Sevgilim, sening sevging
    Ko`zlaringda yashirin.

    Yillar ortingdan yurib,
    Bilolmadim ishqing sirin. (x2)

    Izladim navolardan,
    Yorim, seni sadolardan,
    Qay biri mehr topgan
    Oshiqu gadolardan.

    O`zing asragin, Tangrim,
    Ayriliq-u balolardan. (x2)