• Tohir Mahkamov - Odatiy hol

    Tohir Mahkamov

    Odatiy hol

    Odatiy hol – ko`z yoshim
    Yuvib ketar quvonchim.
    Qo`ying menga ishonmang,
    Oqlolmayman ishonchni. (x2)

    Odatiy hol – omadim
    Kulmas mening sira ham.
    Qo`ying, menga do`st bo`lmang,
    Mening sodiq do`stim g`am. (x2)

    Odatiy hol – uchrashib,
    Kulib quchoq ocharlar.
    Do`stga dardim aytmayman,
    Aytmasimdan qocharlar. (x2)

    Odatiy hol – ortimdan,
    G`iybat quvib yuradi.
    Ichu bag`rim qon mening,
    Ko`zim kulib turadi. (x2)

    Odatiy hol – parishon,
    Tunda shahar kezaman.
    Demasangiz ham daydi,
    Nigohlardan sezaman. (x2)

    Odatiy hol – onamning
    Qo`li tolmas duodan.
    Ko`nglimdagi yo Rabbim,
    Nima bo`lsa Xudodan. (x2)

    Odatiy hol – ko`z yoshim
    Yuvib ketar quvonchim.
    Qo`ying menga ishonmang,
    Oqlolmayman ishonchni.