Sensiz dunyo ko`ziga tor devonaman,
Dilim taqdir uzib otgan xazon guldir.
Yuragimni to`shab qo`yay yo`llaringga,
Ming jonimni loy ko`changga otib o`ldir. (x2)

O`ldir, o`ldir, o`ldir,
Ming jonimni loy ko`changga otib o`ldir. (x2)

Bir boshimga ming o`lim bor firoqingdan,
Oshiq dilim payhon bo`ldi nigohingdan.
Jonim ketdi bo`sa izlab dudog`ingdan,
Osiy jonim osmoningga osib o`ldir.

O`ldir, o`ldir, o`ldir,
Osiy jonim osmoningga osib o`ldir. (x2)

Dunyo yarim, omon bo`lgin, hur dilbarim,
O`zing nido, o`zing o`tinch, ohim manim.
Sehring bilan jonimni ol, yosumanim,
Yuragimni tovoningda bosib o`ldir.

O`ldir, o`ldir, o`ldir,
Yuragimni tovoningda bosib o`ldir. (x2)

O`ldir, o`ldir, o`ldir,
Osiy jonim osmoningga osib o`ldir.
O`ldir, o`ldir, o`ldir,
Ming jonimni loy ko`changga otib o`ldir.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’ldir
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 14, 2016