• Tohir Mahkamov - O'lsam yig'lamaydi

    Tohir Mahkamov

    O’lsam yig’lamaydi

    Omonat dunyodan xor bo`lib o`tsam,
    Chin do`st diydoriga zor bo`lib o`tsam,
    Besh kunlik umrimni yasholmay o`lsam,
    O`lsam yig`lamaydi, bu yetim dunyo.

    Daryo irmoqlari sel bo`lar bir kun,
    Dilni titroqlari she’r bo`lar bir kun,
    Mening barmoqlarim yer bo`lar bir kun,
    O`lsam yig`lamaydi, bu yetim dunyo.

    Qadrimga yig`laydi qadrim bilganlar,
    Dardimga yig`laydi dardim bilganlar,
    Yolg`ondan yig`laydi, yolg`on suyganlar,
    O`lsam yig`lamaydi, bu yetim dunyo.

    Farzandlarim dod deb, dilxun yig`laydi,
    Otam qabrimda tik beun yig`laydi,
    Suymagan, suyganim bir kun yig`laydi,
    O`lsam yig`lamaydi, bu yetim dunyo.