Sultonim, shohim mening,
Ishqim panohim mening,
Men boqdim, sen boqmading,
Nedir gunohim mening?
Oy qiz, oy qiz. (x2)

Azizim, otma mani,
Yotlarga sotma mani, (x2)
Ko`ngilni yotga berib,
Dildan aldatma mani, (x2)
Oy qiz, oy qiz.

Ko`ngilni yotga berib,
Dildan aldatma mani, (x2)
Oy qiz, oy qiz.

Yuzingda xoling, oy qiz,
Xushdir jamoling, oy qiz,
O`ldirdi nozing mani,
Nedur xayoling, oy qiz?
Oy qiz, oy qiz. (x2)

Keturman yo`lim budir,
Dard budir, zulm budir, (x2)
Sen sevasan o`zgani,
Ajalsiz o`lim budir, (x2)
Oy qiz, oy qiz.

Sen sevasan o`zgani,
Ajalsiz o`lim budir, (x2)
Oy qiz, oy qiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oy qiz
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 21, 2016