• Tohir Mahkamov - Panohingga olgin

    Tohir Mahkamov

    Panohingga olgin

    Netay, kiprigimni namlasa yoshlar,
    O`ksigan dilimdan to`kilsa zorlar?
    Xasta jonim vayron, cheksa ozorlar,
    Panohingga olgin meni, Xudoyim.

    Nopok do`stlarimdan yana kuyayin,
    Malomatlar otsin, yana ko`rayin,
    Hasratingda umrim o`zing suyayin,
    Panohingga olgin meni, Xudoyim.

    Yuragimda bori shodlik-g`am bo`ldi,
    Ko`z yoshlarim yuvib ketar gard bo`ldi,
    Tuhmatlarga qalqon ko`ngil mard bo`ldi,
    Panohingga olgin meni, Xudoyim.