Tohir Mahkamov - Qo'shni qiz

Tohir Mahkamov

Qo’shni qiz

Qo`shni qizning kipriklari nam,
To`yxonada yoshlar kulgusi. (x2)
Bor edi-ku qo`shni qizning ham
Shu hovliga kelin bo`lgisi. (x2)

Boqma dedi o`zi ko`ziga,
Ko`zi kirmas aslo so`ziga, (x2)
Ojizdir qiz – yonida kelin
Qarab turar yorin yuziga. (x2)

Kechikding sen, go`zal qiz, dildor,
O`z baxtingga o`zing aybdor. (x2)
Buni derlar umr savdosi,
Yoringga sen tila baxt-iqbol. (x2)

Buni derlar umr savdosi,
Yoringga sen tila baxt-iqbol.
Buni derlar umr savdosi,
Yoringga sen tila baxt-iqbol.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qo’shni qiz
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 30, 2016