• Tohir Mahkamov - Sendan ketaman

    Tohir Mahkamov

    Sendan ketaman

    Baribir borar joyimiz qora tuproq – qabr,
    Insonga azaldan azizdir umr.
    Dunyo lazzati gohida ko`pu, gohida kam,
    Boriga shukr qil, yo`g`iga sabr.

    Jonginam, nechun qilasan menga jabr,
    Jabru sitamlaringda qolib netaman?
    Kechir jonim, sendan ketaman.

    Osmonda oy tanho qolgan bu kecha,
    Bevafo sevgidan tongan bu kecha, (x2)
    Dardli soz ayriliqdan chalgan bu kecha,
    Sendan ketaman, sendan ketaman, sendan ketaman. (x2)

    Endi uchrashmasmiz, go`zalim ishon,
    Sog`inchim, azobim, hijronim ishon. (x2)
    Faryodim, sahroda jayronim ishon,
    Sendan ketaman, sendan ketaman, sendan ketaman. (x2)

    Ko`mirga aylanib qoldi nigohlar,
    Shoxlarda sarg`ayar go`zal gunohlar. (x2)
    Ko`klarga tirmashib ketarkan ohlar,
    Sendan ketaman, sendan ketaman, sendan ketaman. (x2)

    Osmon ko`z yoshidek turna tizilar,
    Oydan sukunatning ko`ngli buzilar. (x2)
    Mensiz kuningga ming gunoh yozilar,
    Sendan ketaman, sendan ketaman, sendan ketaman. (x2)