• Tohir Mahkamov - Tikka turib o'lganim bo'lsin

    Tohir Mahkamov

    Tikka turib o’lganim bo’lsin

    [Monolog]
    Vaqt! Uning dastidan dunyo dod deydi. U oliy hakam.
    Men yana siz bilan. Vaqt o`tayapti. Inson o`zi shunaqa:
    Doim yo`qotganiga qayg`uradi, topganlari tog`risida esa sira o`ylab ko`rmaydi.
    Gunohlardan holi bo`lmagan oddiy odam sifatida kimnidir xafa qildim,
    kimlarnidir xursand. Kimnidir yo`qotdim, kimlarnidir topdim.
    Kimdir, kimdir meni kechirmadi. Kimlar esa aksincha.
    Hammasiga jarohat ham, malham ham bu – vaqt.
    Ulug` bobomiz Sa’diy Sheroziy shunday degan ekan:

    Tun bo`yi bemorga yig`lab bir odam,
    Tongda o`lib qoldi, bemor-chi bardam.
    Qanchalar chopqir ot jon taslim etdi,
    Cho`loq eshak esa manzilga yetdi…

    Shundan asrasin. Nima bo`lganda ham sizlarni yaxshi ko`raman.
    Topganlarim ichida men uchun eng qadrlisi bu – sizlar.
    Va men sizlar bilan baxtliman!

    Dunyo, senga bitta o`tinchim:
    Hech yo`q bir bor omadim kulsin.
    Nomardga bosh egkandan ko`ra
    Tikka turib o`lganim bo`lsin.

    Nomardga bosh egkandan ko`ra
    Tikka turib o`lganim bo`lsin.

    Izlab-izlab topganlarim – dard,
    Insonlaring shaytonga ulfat,
    Topolmasam bitta do`stu mard,
    Tikka turib o`lganim bo`lsin.

    Topolmasam bitta do`stu mard,
    Tikka turib o`lganim bo`lsin.

    Yig`layverma yig`loqi ko`nglim,
    Bizning dardni anglamas hech kim,
    Mard bo`l, kulib kelsa ham o`lim,
    Tikka turib o`lganim bo`lsin.

    Mard bo`l, kulib kelsa ham o`lim,
    Tikka turib o`lganim bo`lsin.

    Sherman, deydi sherligi yo`qlar,
    Zo`rman, deydi erligi yo`qlar,
    Yashasa gar zo`r bo`lib ular,
    Tikka turib o`lganim bo`lsin.

    Yashasa gar zo`r bo`lib ular,
    Tikka turib o`lganim bo`lsin.

    Akalar ko`p, akalar bisyor,
    Biri ayyor, birisi xushyor,
    Tanim g`ajib tashlashga tayyor,
    Tikka turib o`lganim bo`lsin.

    Ko`rib to`ydim sitamlaringni,
    Butlolmadim hech kamlaringni,
    Yelkamga qo`y bor g`amlaringni,
    Tikka turib o`lganim bo`lsin.

    Yelkamga qo`y bor g`amlaringni,
    Tikka turib o`lganim bo`lsin. {x3}