• Tohir Mahkamov - Yolg'on dunyo

    Tohir Mahkamov

    Yolg’on dunyo

    Yolg`on dunyo, qahri qattiq, shafqati yo`q,
    Yuragingga solib qo`yar bir siqim cho`g`. (x2)
    Do`sting so`zi – ko`kragingga qadalgan o`q, {x2}
    Bu dunyodan vafo kutma, bolaginam. {x3}

    Yo`llaringda kimlar bugun zor kutarlar,
    Yo davlating, yo shoningga ko`z tikarlar. (x2)
    Lekin bugun yo ertaga unutarlar, {x2}
    Bu dunyodan vafo kutma, bolaginam. {x3}

    Kulib turib, sovuq quchar do`st deganing,
    To`rt tomondan qoning ichar do`st deganing. (x2)
    O`lmasingdan kafan bichar do`st deganing, {x2}
    Bu dunyodan vafo kutma, bolaginam. {x3}

    Ikki do`st bor: biri Alloh, biri ona,
    Biri boshing, biri ruhingga parvona. (x2)
    Ikkisin deb mayli, yasha darveshona, {x2}
    Boshqasidan vafo kutma, bolaginam, {x2}
    Bu dunyodan vafo kutma, bolaginam.