Yuzga upa surmasdan,
To`lin bo`ldi Zebojon.
O`n sakkizga kirmasdan
Kelin bo`ldi Zebojon. (x2)

O`ltiribman endi jim
Keksa onam oldida,
To`yga men ham borardim,
Yomg`ir yog`ib qoldi-da! (x2)

Men ne derdim, nima dey,
Olov edik, sho`x edik.
Zebo bilan erinmay
O`n yil birga o`qidik. (x2)

Eski maktab, alvido,
Xonalari tor edi.
O`rtamizda bir Xudo,
Bir siyohdon bor edi. (x2)

Men lapashang, albatta,
So`ramadim ko`nglini.
O`n yil o`qib, bir marta
Ushlolmadim qo`lini. (x2)

O`ltiribman endi jim
Keksa onam oldida,
To`yga men ham borardim,
Yomg`ir yog`ib qoldi-da! (x2)

Yuzga upa surmasdan,
To`lin bo`ldi Zebojon…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Zebojon
Xonanda:
Tohir Mahkamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 30, 2016