Tohir Sodiqov - Adashdim

Tohir Sodiqov

Adashdim

Bugun kimga nasib etar chiroying,
O’zga qo’llar silar endi sochlaring.
Yuragimda isyon, rashk olovi seni deb,
O’zga inson endi xayollaringda seni.

Senga ayon edi qalbim, dardlarim,
Senga bayon edi sevgim, xatlarim,
Borim nima, jonim nima, hattoki,
Hayotimni berib senga adashdim,
Adashdim.

O’tib ketar sensiz kunlarim,
Qayg’ularim allalagan tunlarim,
Yoshligimdan armon bo’lgan sevgimga
Bugun aytay unga so’nggi so’zlarim.

Senga ayon edi qalbim, dardlarim,
Senga bayon edi sevgim, xatlarim,
Borim nima, jonim nima, hattoki,
Hayotimni berib senga adashdim,
Adashdim. (x2)

(Abdulaziz Mirzaahmedovga ushbu qo’shiq matnini yuborgani uchun minnatdorchilik bildiramiz)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Adashdim
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 16, 2014