• Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Ajoyib kun

    Tohir Sodiqov

    Ajoyib kun

    Ajoyib kun, xursandman – bugun seni ko`raman,
    Ko`pdan beri sevaman, lekin senga aytolmayman.
    Sen esa achinmaysan ham, o`ylamaysan ham,
    Yo`q demagin sen menga bugun.

    Seni, seni isming nima, go`zal qiz, aytgin, aytgin,
    Kimning go`zal yorisan o`zing, o`zing?
    Sevib qoldim seni, go`zalim, bir ko`rishda,
    Seni isming nima, go`zal qiz, aytgin.

    Uxlash kerak, lekin qani uyqu,
    Qiynar savol: kim bilan hozir u qiz?
    Kimga taqdim etar u bugun shirin kulgusini?
    O Xudoyim, bu xayoldan ozod qil meni,
    Tiriltir orzularimni, qayg`u tushidan ozod qil,
    Meni unga yaqinlashtir.

    Seni, seni isming nima, go`zal qiz, aytgin, aytgin,
    Kimning go`zal yorisan o`zing, o`zing?
    Sevib qoldim seni, go`zalim, bir ko`rishda,
    Seni isming nima, go`zal qiz, aytgin, aytgin.
    Kimning go`zal yorisan?

    Izhor qilish uchun sevgim senga
    Ming bora yuzlandim, qaytdim so`ngra.
    Qayerda duch kelarsan, deyishga, sirlarim aytishga.
    Nahot sen shunday ham bilmaysan?

    Seni, seni isming nima, go`zal qiz, aytgin, aytgin,
    Kimning go`zal yorisan o`zing, o`zing?
    Sevib qoldim seni, go`zalim, bir ko`rishda,
    Seni isming nima, go`zal qiz, aytgin, aytgin.
    Kimning go`zal yorisan o’zing, aytgin?

    Isming nima, go`zal qiz, aytgin, aytgin,
    Kimning go`zal yorisan o`zing?