• Do`stlarim bilan bir kun,
    Bir qizni ko`rib qoldim.
    Bilmayman nima uchun
    U qizni sevib qoldim.

    Shundan beri boshlandi,
    Sevgim unga oshardi.
    Har kuni ertalabdan
    Telefonni qo`ymasdan.

    Allo, allo, yaxshi qiz,
    Siz meni tanimaysiz.
    Men xohlardimki shuni,
    Siz bilan tanishishni. (x2)

    Tunlarda uxlolmasdan
    Uni o`ylab chiqaman.
    O`ngimda gaplashmasdan
    Tushimda uchrashaman.

    Qidirmagan joyim qolmadi,
    Hech kim uni bilmaydi.
    Lekin endi qaytmayman,
    Baribir izlab topaman.

    Allo, allo, yaxshi qiz,
    Siz meni tanimaysiz.
    Men xohlardimki shuni,
    Siz bilan tanishishni. (x2)

    (Allo, Tohir, manga telefon qilma вообще,
    Manga gruppa “Bolalar” yoqmadi.)

    Allo, allo, yaxshi qiz,
    Siz meni tanimaysiz.
    Men xohlardimki shuni,
    Siz bilan tanishishni.

    Allo…