• Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Axir sen o'sha

    Tohir Sodiqov

    Axir sen o’sha

    Kutmaganda qayerdandir
    Voqealar bo`lar sodir,
    Gohida hazil qilar taqdir.
    Yetti uxlab tushimga
    Kirmagan ishlar bo`lsa,
    Tasodif qodir ne ishlarga.

    Mana bugun ham uzoq o`tmishdan
    Bir hodisa ro`y berdi birdan. (yeah)

    Ulkan temir qush falakda
    Davom etardi parvozda,
    Ne ko`zlar bilan qarasam,
    Sen, sen, sen…

    Axir sen o`sha – mening uyqusiz tunlarim,
    Axir sen o`sha – yoz-u kuz, qish, bahorim.
    Axir sen o`sha – avval qanotlantirib,
    Lek keyin esa… Mayli endi bu muhimmas.

    Axir sen o`sha, yoningda jajji qizcha,
    Xuddi o`zingga, o`xsharkan yoshligingga.
    Jilmayar menga, senikiday ovozi,
    Bu mo`jiza, bu mening baxtli parvozim.

    To`lib toshgan hayajoning
    Qalbaki kulib yashirding,
    Zo`rg`a ushlab qolding ko`z yoshing.
    Nima sezdi vujuding
    Yo qiynaldi vijdoning,
    Olib qochma mendan nigohing.

    Nega shu bugun, kim bilardi ayt?
    Aynan bizga bog`liq vaziyat,
    Bu holat qaydan.
    Savol bermayman, sen qo`rqma,
    Ayblamayman yo`q daxling,
    Shunchaki bir yurak bo`lgan edi chilparchin.

    Axir sen o`sha – mening uyqusiz tunlarim,
    Axir sen o`sha – yoz-u kuz, qish, bahorim.
    Axir sen o`sha – avval qanotlantirib,
    Eh, keyin esa… Mayli endi bu muhimmas.
    Axir sen o`sha, yoningda jajji qizcha,
    Xuddi o`zingga, o`xsharkan yoshligingga.
    Jilmayar menga, senikiday ovozi,
    Bu mo`jiza, bu mening baxtli parvozim. (x1+x1)

    Axir sen o`sha…