• Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Bunchalik go'zal

    Tohir Sodiqov

    Bunchalik go’zal

    Eng chiroyli, eng go`zal ko`zlarning shirin egasi,
    Hayotim mazmuni, jon tanimning qalbim erkasi,
    Nimaga xafasan, sen nimaga xomushsan?
    Axir ajratolmas hech narsa bizni hech qachon!

    Bunchalik go`zal, bunchalar asalsan, jonginam,
    Axir mumkinmas shunchalar qiynash yuragimni.
    Yashirma mendan, berkitma mendan sevishingni,
    Axir seni deb yashayman.

    Sening ishqing bilan tun botsa, kunlar chiqsa,
    Tunu-kun xayolda faqat sening vasling tursa,
    Nimaga ayt shunday, go`zalroq yo`qdir senday?
    Sen ajratolmaysan o`zingdan bir umr, hech qachon.

    Bunchalik go`zal, bunchalar asalsan, jonginam,
    Axir mumkinmas shunchalar qiynash yuragimni.
    Yashirma mendan, berkitma mendan sevishingni,
    Axir seni deb yashayman. (x1+x1)

    Bunchalik go`zalsan? Bunchalik asalsan?
    Bunchalik shirinsan…