Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Esingdami seni

Tohir Sodiqov

Esingdami seni

Balki tunda shamollar
Ochar derazangni,
Sen turib oy nurida
Eslarsan o’tgan kunlarni.

Shunda qarab senga yulduzlar,
Ustingda charaqlar osmon,
Paydo bo’lar ko’zingda yoshlar,
Lekin u kunlar qaytmas hech qachon.

Esingdami seni qish kunlari,
Sovuq shamollar uchirar qorlarni,
Shu kunda biz tanishdik
Va birga bo’lishni xohlar edik. (x2)

Men ko’zlaringga qarardim
Va bu tushligini bilardim.
Tun o’tar va kelar tong
Va biz uchrashmaymiz hech qachon.

Ammo kerakmas ko’zyoshlar to’kish,
Tasodif uchrashuvni qiyinmas unutish.
Lekin umidlar qoldi qalbimda,
Bular bo’lgandi tushdamas o’ngimda.

Esingdami seni qish kunlari,
Sovuq shamollar uchirar qorlarni,
Shu kunda biz tanishdik
Va birga bo’lishni xohlar edik. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Esingdami seni
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 19, 2015