Tohir Sodiqov - Faqat isming

Tohir Sodiqov

Faqat isming

Jim-jit ko’chalarda men yursam,
Ko’zlarimga mening yomg’ir tomar.
Agar ko’zlarimni men yumsam,
Ko’z oldimga sening vasling kelar.

Mening jonim, qaylardasan bergin sado,
Vafodorim, seni izlab bo’ldim ado.

Faqat isming yangrar aqlimda,
Go’zal husning ko’zim oldida,
Har bir inson haqli sevishga,
Inson haqlidir jonim, baxtli bo’lishga. (x2)

Alvido deding qo’ling cho’zib,
Uchrashmaymiz endi hech qachon deb.
Qaramasdan ketding qayrilib,
Qoldim izlaringga ko’zim tikib.

Achinmading, mening holim o’ylamading,
Mening jonim, qaylardasan menga aytgin.

Faqat isming yangrar aqlimda,
Go’zal husning ko’zim oldida,
Har bir inson haqli sevishga,
Inson haqlidir jonim, baxtli bo’lishga. (x2)

Ko’m-ko’k osmon bulutlarga to’lsa edi bir on,
Men bilan qolsang, boshqa seni yo’qotmasdim,
Sen ishon, senga bu jon, aylasam edi fido.
Bo’lmasmidim men ado, seni deb,
Sen uchun, faqat seni deb jonginam.

Faqat isming yangrar aqlimda,
Go’zal husning ko’zim oldida,
Har bir inson haqli sevishga,
Inson haqlidir jonim, baxtli bo’lishga.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Faqat isming
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2014