Mening yuragim notinch,
Negaki, keldi bahor.
Qalblarda to`ldi sog`inch,
Sevgini qilar xumor.

Nega sening ko`zlaring
Bunga befarq qaraydi?
Nega sening yuraging
Menga hech ishonmaydi?

Erkalab gulim derdim,
Aytchi, sen gulmasmiding?
Har kuni soy bo`yida
Kutganim bilmasmiding?

Yo boshqasin topdingmu
Yoki uni sevdingmu?
Nechun meni qiynaysan,
Sirlaringni aytmaysan, ey gulim?

Menga yo`q aytar so`zing,
Ma’nosiz boqar ko`zing.
Lekin bunga qaramay
Ruxsat et – seni sevay.

Nega sening ko`zlaring
Bunga befarq qaraydi?
Nega sening yuraging
Menga hech ishonmaydi?

Erkalab gulim derdim,
Aytchi, sen gulmasmiding?
Har kuni soy bo`yida
Kutganim bilmasmiding?

Yo boshqasin topdingmu
Yoki uni sevdingmu?
Nechun meni qiynaysan,
Sirlaringni aytmaysan, ey gulim? (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulim
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 16, 2017