Vijdonim pok, iymonim but,
Taqdirga tan berib yashayman.
Ko`madi to`fonlar, buzadi yomonlar,
Atrofim zaharli to`rga aylangan.

To hayotman zoru xorman,
Esiz dunyoda vafo ko`rmayman.
Ojiz dilim, so`zsiz tilim,
Qani mazmun bu hayotda?

Taqdir nima, ishonch nima,
O`tli dardlar bag`rim tilar.
Singan hayot, dilda isyon,
Yolg`iz alam, iymon deydi.

Kam emas ofat, alamli nola,
Erkinlik istagi umid bag`ishlar.
So`nggi nafasda botib ketgan tanam,
Yashayman, yashayman, yashayman deydi.

To hayotman zoru xorman,
Esiz dunyoda vafo ko`rmayman.
Ojiz dilim, so`zsiz tilim,
Qani mazmun bu hayotda?

Taqdir nima, ishonch nima,
O`tli dardlar bag`rim tilar.
Singan hayot, dilda isyon,
Yolg`iz alam, iymon deydi. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jazo
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 1, 2016