Yo`qotdim men qalbimdan,
Yo`qotdim yuragimdan,
Men uchun sendan qolgan,
Men uchun aziz bo`lgan
Hamma esdaliklarni
Kulin ko`kka sovirdim,
Men ketdim, men sevgandim…

Sen nega o`ylamading?
Nega achinmading?
Bor sevgimizni asrolmading. (x2)

Yashardim orzu bilan,
Yashardim maqsad bilan,
Sen borsan deb dunyoda,
Sen borsan deb yonimda.
Hech narsani o`ylamay,
Hech narsaga qaramay,
Sevardim yuragimdan.

Sen nega o`ylamading?
Nega achinmading?
Bor sevgimizni asrolmading. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechir
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2015