Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Mening baliqcham

Tohir Sodiqov

Mening baliqcham

Oh, yo`llar, yo`llar, yo`llar,
Siz buncha uzoqsizlar, dardimni bilmaysizlar.
Qachon kelib manzilga,
Uni ko`raman yana, yetaman visoliga?

Uning shahlo ko`zlari,
Sehrli nigohlari yondirar yuragimni.

Yana tonggacha, yana tonggacha,
Mening ko`zlarim to`ymas, jonim, senga.
Maning mushukcham, maning baliqcham,
Go`zallikda tengi yo`q, nozik qushcham.

Yuzta asir ichidan,
Mingta soqchi bo`lsa ham, seni olib qochaman.
Borsa kelmas tarafdan,
Yo`llar yo`q sahrolardan seni izlab topaman.

Sening shahlo ko`zlaring,
Sehrli nigohlaring yondirar yuragimni.

Yana tonggacha, yana tonggacha,
Mening ko`zlarim to`ymas, jonim, senga.
Maning mushukcham, maning baliqcham,
Go`zallikda tengi yo`q, nozik qushcham. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mening baliqcham
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 27, 2016