• Go’zalliklar haqida
    So’zlashardik tonggacha,
    Qancha qoldi deb yana
    Bizning baxtimizgacha.

    Bu shirin xayollardan
    Uchardik samolarda,
    Sanardik biz tunu kun,
    Shu bilan o’tardi kun.

    Orzu, yetisholmadim afsus,
    Qayg’u, endi bir umr qolarsanmu?
    Orzu, balki seni olib qochsammu?
    G’urur, nomus, axir sen bunga ko’nmaysanku.

    Endi men sen haqingda
    Eshitmasman o’zingdan,
    Ko’rsam ham tasodifan,
    Borolmasman izingdan.

    Sensiz endi bu osmon
    Go’yoki ulkan zindon,
    Go’zal bu dunyo esa
    Qorong’u va zimiston.

    Orzu, yetisholmadim afsus,
    Qayg’u, endi bir umr qolarsanmu?
    Orzu, balki seni olib qochsammu?
    G’urur, nomus, axir sen bunga ko’nmaysanku. (x2)