• Yaralgansan, jonim, men uchun sen,
    Sen yonimda, jonginam.
    Tanishtirgan taqdir o`zi bizni,
    Bundan boshqa baxt bormi?
    Sevgimiz osmon istagi, jonim,
    Boshqa hech kim bizga kerakmas.

    Faqat sevging, faqat sening mehring,
    Ko`m-ko`k osmon, sen va men.
    Faqat sevging, faqat sening mehring,
    Ko`m-ko`k dengiz, sen va men.

    Men baxtliman birga bo`lsang,
    Ketmayman, deb ayt menga.
    Hayot mazmunsiz agar ketsang,
    So`zlarimni rad etma.
    Sevgimiz osmon istagi, jonim,
    Boshqa hech kim bizga kerakmas.

    Faqat sevging, faqat sening mehring,
    Ko`m-ko`k osmon, sen va men.
    Faqat sevging, faqat sening mehring,
    Ko`m-ko`k dengiz, sen va men.

    Agar istasang, jonim, senga
    Hayotimni sovg`a qilaman.
    Va’da bergin, jonginam, menga
    Sendan o`zga kerakmas, {x2}
    Degin menga.

    Faqat sevging, faqat sening mehring,
    Ko`m-ko`k osmon, sen va men.
    Faqat sevging, faqat sening mehring,
    Ko`m-ko`k dengiz, sen va men.