Tohir Sodiqov - Sen aytarding

Tohir Sodiqov

Sen aytarding

Sen aytarding: begunohman,
Sen aytarding: beozorman,
Jar solarding sevaman, deb,
Rashk qilaman, derding hatto o`zimdan,
Afsus bular yolg`on.

Azob chekib sog`inishdan,
Men soshardim sen tomonga,
Kutmagandim xiyonatingni,
Lekin ko`rdim seni o`z ko`zim bilan,
Ko`rdim o`zga bilan.

Meni qo`y o`z holimga,
O`ylash tegdi jonimga.
Har kunim o`xshar yilga,
Aytgin nega, aytgin nega?

So`zing farqli ko`nglingdan,
Tiling farqli dilingdan.
Bu so`zlarni rad etma,
Sen rad etma!

Befarq qizga aylangansan,
Senga farqi yo`q kim bilan
O`tkazarsan tunu kuningni,
Ont ichmagin, baribir so`zing yolg`on,
Sening so`zing yolg`on.

Meni qo`y o`z holimga,
O`ylash tegdi jonimga.
Har kunim o`xshar yilga,
Aytgin nega, aytgin nega?

So`zing farqli ko`nglingdan,
Tiling farqli dilingdan.
Bu so`zlarni rad etma,
Sen rad etma!

Qanday g`ururdan kechish qiyin,
Qanday seni kechirish mushkul.
Qila olardingku kimnidir baxtli,
Lekin afsus…

Meni qo`y o`z holimga,
O`ylash tegdi jonimga.
Har kunim o`xshar yilga,
Aytgin menga, aytgin nega?
So`zing farqli ko`nglingdan,
Tiling farqli dilingdan.
Bu so`zlarni rad etma,
Sen rad etma! (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen aytarding
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 8, 2015