• Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Sen ketgan kundan

    Tohir Sodiqov

    Sen ketgan kundan

    Ko’zim yoshlanar sog’inchdan,
    Noiloj ahvolimdan qiynalar qalbim.
    Jonim, qanday qiz eding oldin,
    Qanday seni sevardim, yo’qotib aqlim.

    Nahot yashayman endi
    Shu taqdirga berib tan?
    Seni ko’rolmasdan, sen bilan bo’lmasdan,
    O’tkazib kunlarim yolg’iz.

    Sen ketgan kundan, o’sha kundan, o’sha tundan,
    Sen ketgan tundan, o’zgardi hayot birdan.
    Sen xafasan mendan, sen xafasan mendan,
    Mening jonginam, mening jonginam, mening jonginam.

    Sen uchunman, degan so’zlari qani,
    Qani sof, toza sevgi, uning g’ururi?
    Ey qizcha, eslatib uni menga,
    O’rtamizda sen turma, meni qiynama.

    Axir biz baxtli edik,
    Kuzatib kech, kutib tong.
    Menga yaqin inson, meni sevgan inson
    Faqat udir, sen ishon.

    Sen ketgan kundan, o’sha kundan, o’sha tundan,
    Sen ketgan tundan, o’zgardi hayot birdan.
    Sen xafasan mendan, sen xafasan mendan,
    Mening jonginam, mening jonginam, mening jonginam. (x1+x2)