Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Seni sog'indim

Tohir Sodiqov

Seni sog’indim

Qanday sensiz ma’nosiz kunim,
Qanday achinarli ahvolim,
Qanday shavqatsiz ekan
Mening taqdirim, nega aytgin jonim?

Sen bilib turib shoshma deysan,
Aytgin kutaman, yorim qancha?
Va’dalaring bilan aldaysan
Meni sen hali necha marta?

Kela olmaysan negadir sen
Yagona shartga, (kel sevgilim)
Bitta kunni sen o’zing tanla: (sog’indim, jonginam)
Kecha, bugun, erta, qachon?

Jonginam, seni sog’indim, seni sog’indim,
Asalim sog’indim, go’zalim sog’indim.
Kecha uxlamadim, bugun uxlamayman,
Men aniq bilaman, men seni sevaman. (x2)
Jonginam.

Mendagi qaysi hislat yo’qmadi, jonim?
Senga o’zi, yorim, kim kerak, yetmadi aqlim?
Axir qachonlardir tinch edi sevmasdan yurak,
Endi esa qalbimni o’rtaydi faqatgina bir istak.

Kela olmaysan negadir sen
Yagona shartga, (kel sevgilim)
Bitta kunni sen o’zing tanla: (sog’indim, jonginam)
Kecha, bugun, erta, qachon?

Jonginam, seni sog’indim, seni sog’indim,
Asalim sog’indim, go’zalim sog’indim.
Kecha uxlamadim, bugun uxlamayman,
Men aniq bilaman, men seni sevaman. (x4)
Jonginam.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni sog’indim
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 19, 2014