Tohir Sodiqov - Sening ko'zlaring (Bolalar guruhi)

Tohir Sodiqov

Sening ko’zlaring

Ko’zlarimni uzolmayman sendan,
Nima qilay, nima qilay?
Sirlarimni aytolmayman senga,
Nima qilay, nima qilay?
Savolimga javob ber,
Savolimga javob ber!

Sening ko’zlaring
Sehrli chiroqday,
Shu ko’zlarga, jonginam,
Bir qaray.
Sening lablaring
Qizil loladay,
Seni so’zlaring asal
O’zingday.

O’zingga meni maftun etibsan,
Qanday qilib? Bilmayman men.
Seni bir kun men ko’rmasam ham
Turolmayman, jonginam, men.
Bunga aybdor ko’zlaring,
Bunga aybdor ko’zlaring.

Sening ko’zlaring
Sehrli chiroqday,
Shu ko’zlarga, jonginam,
Bir qaray.
Sening lablaring
Qizil loladay,
Seni so’zlaring asal
O’zingday. (x3)

(Abdulaziz Mirzaahmedovga ushbu qo’shiq matnini yuborgani uchun minnatdorchilik bildiramiz)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sening ko’zlaring
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 18, 2014