• Bekor emas dunyodagi hech bir narsa:
    Qorlar erib tugamasdan bahor kelsa,
    Hech narsaga qaramasdan dil kuylasa,
    Bu aniq sevgi, bu aniq sevgi!

    Bekor emas yurak urib tinch qo’ymasa,
    Tunlari uxlolmasdan azoblar cheksa,
    Hali tonglar ham otmasdan qalb yig’lasa,
    Bu aniq sevgi, bu aniq sevgi!

    Sevgi, bu aniq sevgi, bilasan sevgi,
    Sen hammaga ayt, jonim.
    Sevgi, bu bizda sevgi, bilasan sevgi,
    Sen hammaga ayt, jonim.

    Sevgi, (bu aniq) sevgi,
    Bizda sevgi, aniq sevgi.

    Bekor emas ko’zin tikib yo’ling kutsa,
    Kelganingda quchoq ochib kulib tursa,
    Mehr bilan isming aytib, “jonim” desa,
    Bu aniq sevgi, bu aniq sevgi!

    Bekor emas, ertayu kech seni desa,
    Tunda yulduzlarga qarab xayol sursa,
    Yorimsan deb yeru ko’kka ishonmasa,
    Bu aniq sevgi, bu aniq sevgi!

    Sevgi, bu aniq sevgi, bilamiz sevgi,
    Bu bizda sevgi, jonim.
    Sevgi, bu aniq sevgi, bu bizda sevgi,
    Sen hammaga ayt, jonim.

    Sevgi, (bu aniq) sevgi,
    Bizda sevgi, aniq sevgi.

    (Sevgi, sevgi, sevgi, sevgi, bu aniq.
    Sevgi, jonim. Sevgi, sevgi bu.
    Bilamiz sevgi, jonim.)

    Sevgi, bu aniq sevgi, bilamiz sevgi,
    Bu bizda sevgi, jonim.
    Sevgi, bu aniq sevgi, bu bizda sevgi,
    Sen hammaga ayt, jonim.

    Sevgi, (bu aniq) sevgi,
    Bizda sevgi, aniq sevgi.
    Sevgi…