• Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Sevishim aytaman senga

    Tohir Sodiqov

    Sevishim aytaman senga

    Sen e’tiborsiz qoldirmagin sevgimni,
    Azoblarda yondirmagin qalbimni.
    Sen kulib boq, ketmagin yiroq,
    Kel yaqinroq, sen rahm qilgin,
    Axir kutdimku uzoq.

    Bu kun kerakmas bizga so`zlar,
    Bu tun hammasin aytar ko`zlar.
    Bu kun muhimdir, jonginam, menga,
    Axir sevishim aytaman senga.

    Sengacha sevgim menda sezilmasdi,
    Sengacha hech kim xayolim ololmasdi.
    His-tuyg`ular, eng go`zal so`zlar,
    Uyqusiz tunlar senga atalar,
    Sevishim bildirar.

    Bu kun kerakmas bizga so`zlar,
    Bu tun hammasin aytar ko`zlar.
    Bu kun muhimdir, jonginam, menga,
    Axir sevishim aytaman senga.

    Sen kulib boq, ketmagin yiroq,
    Kel yaqinroq, sen rahm qilgin,
    Axir kutdimku uzoq.

    Bu kun kerakmas bizga so`zlar,
    Bu tun hammasin aytar ko`zlar.
    Bu kun muhimdir, jonginam, menga,
    Axir sevishim aytaman senga.