Shamol, senga havas bilan intiladi qalbim,
Sendek ozod, sendek erkin bo’lolmaydi hech kim.
Kezarsan dunyo bo’ylab, bulutlarni haydab,
Yetti iqlimni romlab, nafasing bag’ishlab,
Baxtlilarga sen faqat.

Armon to’la qalbim yig’lar seni ko’rolmasdan,
Bilsam chindan, yolg’on ekan barcha haqiqatlar.
Baxtimiz bog’i xazon, ko’nglim bo’lgan vayron,
Izlab seni men sarson, nahot kechding oson?!
Chin orzu-sevgimizdan, jonginam.

Nega sevdim, nega yondim,
Kimni deb kuydim, ishondim kimga?
Boshimni egdim, ko’zyoshlar to’kdim,
Kimni deb, ayt axir, menga ayt, axir?

Nega sevdim, nega kuydim,
Kimni deb yondim, ishondim kimga?
Aqldan ozdim, yig’laydi qalbim,
Kimni deb, aytgin, nega haqiqat yo’q bu dunyoda, jonim?

Yurak notinch, yoningda kimdir bor axir sening,
Nafrat to’lar, rashkim yonib kul qiladi dilni.
Bilolmadim xatoyim, sevganimmi gunohim?
Intizor senga qalbim, sen eding bor-u yo’g’im,
Osmon, menga rahm qil, ayt axir?

Nega sevdim, nega yondim,
Kimni deb kuydim, ishondim kimga?
Boshimni egdim, ko’zyoshlar to’kdim,
Kimni deb, ayt axir, menga ayt, axir?
Nega sevdim, nega kuydim,
Kimni deb yondim, ishondim kimga?
Aqldan ozdim, yig’laydi qalbim,
Kimni deb, aytgin, nega haqiqat yo’q bu dunyoda, jonim? (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shamol
Xonanda:
Tohir Sodiqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 27, 2015