• Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Sog`indimku seni

    Tohir Sodiqov

    Sog’indimku seni

    Yana osmonda charaqlar yulduzlar,
    Lekin menga kerak emas sensiz ular.
    O`sha ko`zlar hamon mening yodimda,
    Lekin afsus yo`qdirsan yonimda.

    Seni eslab ko`zlarimdan oqar yosh,
    Endi menga nurin sochmas sira quyosh.
    Nega sen meni seva olmading?
    Nega sen o`zga yorni tanlading?

    Sog`indimku seni,
    Ozor chekdi jonim meni.
    Nima qilay ko`rolmasam,
    Ko`rganda ham to`yolmasam? (x2)

    O`tsin kunlar, uning ortidan yillar,
    Lekin sevgim senga doim sodiq qolar.
    Unutsang ham, jonginam, sen meni,
    Unutmayman hech qachon men seni.

    Seni eslab ko`zlarimdan oqar yosh,
    Endi menga nurin sochmas sira quyosh.
    Nega sen meni seva olmading?
    Nega sen o`zga yorni tanlading?

    Sog`indimku seni,
    Ozor chekdi jonim meni.
    Nima qilay ko`rolmasam,
    Ko`rganda ham to`yolmasam? (x2)