• Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Sog'inib

    Tohir Sodiqov

    Sog’inib

    Yuragimda hamon yonar cho`g,
    Eslasam sening ko`zlaringni.
    Topolmayman men o`zimga joy,
    Sog`inib mayin ovozingni.

    Sog`inaman, lekin yuragim
    Charchagandir cheksiz azobdan.
    Qani edi unutsam seni,
    Isming o`chirib yuragimdan.

    Qani unutsam, men eslamasam,
    O`sha kunlarni, seni sog`inib.
    Men achinmasam o`tgan kunlarga,
    Yolg`izligimga asta ko`nikib.

    Ishontirib sen so`zlaringga,
    Berar eding sevgimga najot.
    Baxtli edim sen bilan birga,
    Jonim, unutding meni nahot?

    Tushuntirmay hatto sababin,
    Sen ketding aylanib orzuga.
    Mayli o`tsin sensiz kunlarim,
    Lekin men bormayman yoningga.

    Qani unutsam, men eslamasam,
    O`sha kunlarni, seni sog`inib.
    Men achinmasam o`tgan kunlarga,
    Yolg`izligimga asta ko`nikib. (x2)