• Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) - Sovg'a

    Tohir Sodiqov

    Sovg’a

    Men senga sovg’a qilaman, jonim,
    Moviy osmonni, osmondagi yulduzni.
    Men senga sovg’a qilaman, go’zalim,
    Ko’m-ko’k dengiz va hayotimni.
    Faqat menga sen ishongin,
    Faqat meni unutma.

    Mayli, go’zalim, sen meni sevmasang ham mayli,
    Lekin ruxsat ber, seni sevishga.
    Mayli, go’zalim, sen meni sevmasang ham mayli,
    Lekin ruxsat ber, seni sevishga.

    Ko’rgim kelar seni, har kun ko’rsam ham,
    Oy yuzingga men mushtoqman.
    Seni eslab, jonim, har kun tong otar,
    Sevgim senga kun sayin oshar.
    Eshit mening yurak so’zimni,
    Eshit mening so’zimni.