• [Tohir Sodiqov]
    Tongda quyosh bo`lib, tunlar yulduz bo`lib,
    Boqasan osmonlardan endi sen.
    [Jahongir Poziljonov]
    Do`stlaring qalbida mangu o`chmas xotirasan,
    Aslo tark etmagansan bizni sen.

    [Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Ziyoda, Shahzod]
    Yonimizda, bir umr yonimizda,
    Qalbimizda yashaysan sen, do`stim.
    Seni unutmaymiz bir zum!
    Yonimizda, yurgandek yonimizda,
    Yuragimiz to`rida sen borsan, borsan.

    [Shahzod Rahimov]
    O`g`lingiz ko`zida aks etar ko`zingiz,
    Ota-onangiz quvonchi bo`lgan edingiz.
    [Ziyoda]
    Tengsiz ijodingiz bugun ro`yobga chiqqanida
    Yonimizda emassiz, afsus, hech, hech.

    [Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Ziyoda, Shahzod]
    Yonimizda, bir umr yonimizda,
    Qalbimizda yashaysan sen, do`stim.
    Seni unutmaymiz bir zum!
    Yonimizda, yurgandek yonimizda,
    Yuragimiz to`rida sen borsan, sen borsan.

    [Ziyoda]
    Hech kimdan yordamni siz ayamasdingiz,
    Men unuta olmasman buni hech.
    [Shahzod Rahimov]
    Siz kabi mo’min inson aziz bo`lgan har on,
    Qo`shiqlarim qanotida qoling siz.

    [Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Ziyoda, Shahzod]
    Yonimizda, bir umr yonimizda,
    Qalbimizda yashaysan sen, do`stim.
    Seni unutmaymiz bir zum!
    Yonimizda, yurgandek yonimizda,
    Yuragimiz to`rida sen borsan, sen borsan.

    [Ziyoda]
    Bu dunyo baribir bir kam ekan,
    Gohi dard, gohida malham ekan,
    Yolg`iz Yaratganga ayon inson taqdiri,
    Abadiy yasholmas odamlarning hech biri.

    [Jahongir Poziljonov, Tohir Sodiqov, Ziyoda, Shahzod]
    Yonimizda, bir umr yonimizda,
    Qalbimizda yashaysan sen, do`stim.
    Seni unutmaymiz bir zum!
    Yonimizda, yurgandek yonimizda,
    Yuragimiz to`rida sen borsan, borsan.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.