• Tohir Sodiqov (Bolalar guruhi) -Yoz alvido

    Tohir Sodiqov

    Yoz alvido

    Yoz alvido, kuz alvido – oltin faslim,
    Bahorimdan men ayrildim, bo’ldim judo.
    Ko’nglimda qish, menga sovuq jonim sensiz,
    Nahotki men muzliklarda qolsam yol’giz?

    Menga sovuq sensiz, tunlar uzun sensiz,
    Hayot jazo sensiz, qalbim gado sensiz.
    Dunyo qorong’iku sensiz.

    Yuz iltijo – bergin sado jonim menga,
    Azoblardan qutqar meni, qilma ado,
    Yo’qdir najot bu dunyoda sensiz menga,
    Dardlarimga yo’qdir davo sensiz aslo.

    Menga sovuq sensiz, tunlar uzun sensiz,
    Hayot jazo sensiz, qalbim gado sensiz. (x2)

    O’zga dunyo, o’zga hayot, o’zga sevgi,
    Nega endi, nega endi olib seni,
    Seni mendan ajratarkan,
    Ayirarkan nega endi?

    Yoz alvido, kuz alvido – oltin faslim,
    Bahorimdan men ayrildim, bo’ldim judo.

    Menga sovuq sensiz, tunlar uzun sensiz,
    Hayot jazo sensiz, qalbim gado sensiz. (x2)