• Tohir Usmonov - Bor ekan

    Tohir Usmonov

    Bor ekan

    Dilginasi tosh kabi
    Qiz bor ekan, bor ekan,
    Humor etar nurlari,
    Oy bor ekan, bor ekan.

    Ko’nglida jonga oro
    Soy bor ekan, bor ekan,
    Oldim yo’l qalbi sari,
    Joy bor ekan, bor ekan.

    Bor ekan (qiz bor ekan),
    Bor ekan (oy bor ekan),
    Bor ekan (soy bor ekan),
    Bor ekan.

    Bor ekan (qiz bor ekan),
    Bor ekan (oy bor ekan),
    Bor ekan (joy bor ekan),
    Bor ekan.

    Buncha nozik bellari,
    Voy zo’r ekan, zo’r ekan,
    Sochdi o’jar nozlari,
    Hoy zo’r ekan, zo’r ekan.

    Ko’rmadim tengi o’zga,
    Voy zo’r ekan, zo’r ekan,
    Qizil, shirin yuzlari,
    Oh zo’r ekan, zo’r ekan.

    Zo’r ekan (voy zo’r ekan),
    Zo’r ekan (hoy zo’r ekan),
    Zo’r ekan (oh zo’r ekan),
    Zo’r ekan. (x2)

    Kulib-kulib qo’yganda, jon o’ynar,
    O’t o’ynar sakragan yuragimda. (x2)
    Uni ko’rib o’ylarim-ey,
    Ming yon-ey, ming yon. (x2)

    Bo’lmaganda yonimda ozor bor,
    G’ubor bor sog’ingan yuragimda. (x2)
    Usiz o’tar zamonim-ey giryon-ey, giryon,
    Usiz yashar har onim-ey vayron-ey, vayron.

    Kulib-kulib qo’yganda, jon o’ynar,
    O’t o’ynar sakragan yuragimda. (x2)
    Uni ko’rib o’ylarim-ey,
    Ming yon-ey, ming yon. (x2)