• Tohir Usmonov - Guldahanim

    Tohir Usmonov

    Guldahanim

    Ey Guldahanim, vasling uchun mayli beray jon,
    Hech aylamagin noz, shod bo’lmasin ag’yor.
    Bir boqishingga yozib beray g’azal-u doston,
    Ham chalib beray soz, ham aytayin alyor.

    Man oshiq bo’lib, oh demadim hijronlaringda,
    Sog’inching ezsa ham, qadrimga yetsa nam.
    Har dam sani deb yer bo’laman, sen esa osmon,
    Gul yuzingda pardoz, menda qolmadi or.

    Ey Guldahanim, vasling uchun mayli beray jon,
    Hech aylamagin noz.
    Bir boqishingga yozib beray g’azal-u doston,
    Ham chalib beray soz.

    Oh, zulflaringni torlariga ilinib qoldi,
    Netayki nigohim yo shumi gunohim?
    Gar gunoh bo’lsa, kechirgin-u, ayla benuqson,
    Ko’p ko’nglim ichra roz, senga etay izhor.

    Ey Guldahanim, vasling uchun mayli beray jon,
    Hech aylamagin noz.
    Bir boqishingga yozib beray g’azal-u doston,
    Ham chalib beray soz.

    Ko’ksimni bosib, yuragimda qoldir izlaring,
    Qadaming menga baxt, alaming menga baxt. (x2)
    Bil, Botir uchun sevgi ulug’, oshiqlik unvon,
    Mehring aylama oz, bergil qo’ling, dildor.

    Yaxshi bilasan, oshiq dilim chashmayi zilol,
    Xohlasang ichib yur, istasang kechib yur.
    Ne desang degil, barchasiga roziman, janon,
    Qilmayman e’tiroz, hatto bersang ozor.

    Ey Guldahanim, vasling uchun mayli beray jon,
    Hech aylamagin noz.
    Bir boqishingga yozib beray g’azal-u doston,
    Ham chalib beray soz. (x2)

    Ushbu qo’shiq matni uchun Ulug’bek Yuldashevga minnatdorchilik bildiramiz