Tohir Usmonov - Janon-ey

Tohir Usmonov

Janon-ey

Bunchalar dilga ozor bermasang,
Sarsoningman-o, parvo qilmasang,
Netarimni bilmay me’zon aroman,
Huzuringda yoqmas mehmon kabiman.

Sinama iltimosim, sinarman,
Abgoru mazlum, rangi somonman,
Tinglagin-o majnun dodim navosin,
Kamaytirma ko’ksu-siynam havosin.

Jonim mani, mohitabon, ruxsor-ey,
Qarab-qarab to’ymas go’zal jamol-ey.
Jonim mani, sog’intirgan diydor-ey,
Kulib-kulib jonim olar yoron-ey.

Jonim, jonu jahonim-o,
Mani mohim, janon-ey. (x2)

Og’irdir yigitning bosh balosi,
Talabim – ko’zlaringning qarosi,
Hursandman tabassum-la boqsang gar,
G’uboru dardimdan qolmas asar.

Oh mashuq, shu holga qo’y nihoya,
Umrim o’tmasin misoli fojiya,
Bundan ortari ortiq dilrabo,
Kel-ey, bezaklari zebu zar-o.

Jonim mani, mohitabon, ruxsor-ey,
Qarab-qarab to’ymas go’zal jamol-ey.
Jonim mani, sog’intirgan diydor-ey,
Kulib-kulib jonim olar yoron-ey.

Jonim, jonu jahonim-o,
Mani mohim, janon-ey. (x2)

(Jonim mani, mohitabon, ruxsor-ey,
Qarab-qarab to’ymas go’zal jamol-ey.
Jonim mani, sog’intirgan diydor-ey,
Kulib-kulib jonim olar yoron-ey.)

Jonim mani, mohitabon, ruxsor-ey,
Qarab-qarab to’ymas go’zal jamol-ey.
Jonim mani, sog’intirgan diydor-ey,
Kulib-kulib jonim olar yoron-ey.

Jonim, jonu jahonim-o,
Mani mohim, janon-ey. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Janon-ey
Xonanda:
Tohir Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 7, 2015