Tohir Usmonov - O'zbekistonim

Tohir Usmonov

O’zbekistonim

Bag`ringdan bir lahza ketsam yiroqqa,
Yurak to`lib ketar sog`inch-firoqqa. (x2)
Seni, seni yantoq o`sgan parcha yeringni
Zinhor alishmasman o`zga chorboqqa. (x2)

Sen mening vujudim, sen mening jonim,
Onamday mehribon O`zbekistonim. {x2}

Anhoringda suving asaldan totli,
Tomchisi dengizday ko`p barokotli.
Buxoriylar sabab, Kubrolar sabab
Hatto dehqoning ham xatli-savodli. (x2)

O`g`il-qizlaringda chehrang chiroyli,
Osmoning quyoshli, yulduzli, oyli.
Qodiriy istagan kunlarga yetdik,
Hali cho`poning ham bo`lar saroyli.

Qodiriy istagan kunlarga yetdik,
Hali cho`poning ham bo`lar saroyli.

Sen mening vujudim, sen mening jonim,
Onamday mehribon O`zbekistonim. {x2}

Qancha zahmatlardan joni omonim,
Onamday mehribon O`zbekistonim. {x2}
Ko`zlagan manzili qibla tomonim,
Onamday mehribon O`zbekistonim. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekistonim
Xonanda:
Tohir Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 13, 2016