Tohir Usmonov - Xolidaxon

Tohir Usmonov

Xolidaxon

Mani yorim atlas ko’ylagi
Chok-chokidan so’kilmasin,
Qo’llarida ko’zmunchog’i,
Xolidaxonga ko’z tegmasin. (x2)

Qirq kokil qilib o’ragan,
Sochlari jamalagim-o,
Tegmasin, tegmasin,
Xolidaxonga ko’z tegmasin.

Qirmizi olmadan tarang,
Yuzlariga bitta qarang,
Tegmasin, tegmasin,
Xolidaxonga ko’z tegmasin.

Mani yorim atlas ko’ylagi
Chok-chokidan so’kilmasin,
Qo’llarida ko’zmunchog’i,
Xolidaxonga ko’z tegmasin. (x2)

Uyalaman-o qaragani,
Ko’zlari jayronim-o,
Tegmasin, tegmasin,
Xolidaxonga ko’z tegmasin.

O’ram libosi rang-barang,
Shu go’zalga nazar qadang,
Tegmasin, tegmasin,
Xolidaxonga ko’z tegmasin.

Qirq kokil qilib o’ragan,
Sochlari jamalagim-o,
Tegmasin, tegmasin,
Xolidaxonga ko’z tegmasin.

Qirmizi olmadan tarang,
Yuzlariga bitta qarang,
Tegmasin, tegmasin,
Xolidaxonga ko’z tegmasin.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xolidaxon
Xonanda:
Tohir Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 17, 2014