• Malaksan yo bashar,
    yo huri g`ilmonsan, bilib bo`lmas.
    Bu lutfu, bu nazokat
    Birla sendan ayrilib bo`lmas.

    Tikonsiz gul, sadafsiz dur,
    Mashaqqatsiz hunar bo`lmas.
    Riyozat chekmaguncha
    Yor vasliga yetib bo`lmas.

    Malaksan yo bashar,
    yo huri g`ilmonsan, bilib bo`lmas.
    Bu lutfu, bu nazokat
    Birla sendan ayrilib bo`lmas.

    Ajab berahm dilbarsan,
    Ajab sho`xi sitamgarsan,
    Charog`i husni ro`yingdan-ey
    Ko`ngilni ham uzib bo`lmas.

    Yuzingning oftobini
    Ko`rib hayron bo`lib qoldim,
    Falakka qo`l uzotib
    To`lin oyni olib bo`lmas.

    Malaksan yo bashar,
    yo huri g`ilmonsan, bilib bo`lmas.
    Bu lutfu, bu nazokat
    Birla sendan ayrilib bo`lmas.

    Yuzing misli qizil guldur,
    Ko`ngil chun bulbuli shaydo.
    Bu gulning ishqida bulbul,
    Chamandan ayrilib bo`lmas.

    Kel ey, Mashrab, agar oshiq
    Bo`libsan, bo`lmagil g`ofil.
    Bu g`aflat uyqusidan-ey,
    Ey, yoronlar, uyg`onib bo`lmas.

    Malaksan yo bashar,
    yo huri g`ilmonsan, bilib bo`lmas.
    Bu lutfu, bu nazokat
    Birla sendan ayrilib bo`lmas. (x2)

    Malaksan…