Bolam, seni opichlab, zorg`a katta qilyabman,
Ona bo`lib, onalikning qadrini endi bilyabman.
Yig`laganingda yig`lab, kulganingda kulyabman,
Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam,
Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.

Ming azobni bosganda qadamlarim kuydi-yey,
Bog`zimda qolib ketgan alamlarim kuydi-yey.
Kuyganimda yaqingina odamlarim kuydi-yey,
Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam,
Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.

Mehri shu’urim qo`shib, alla aytdim senga deb,
Qiza rayhonli tonggi palla aytdim senga deb.
Beshiging ko`zmunchog`in silab aytdim senga deb,
Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam,
Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.

Halollikning oq rangidan olaylik rang ikkimiz,
Muhabbat qo`shig`ida turfa ohang ikkimiz.
To bearmon o`taylik bizlar, otang ikkimiz,
Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam,
Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam.

Bolam, seni opichlab, zorg`a katta qilyabman,
Ona bo`lib, onalikning qadrini endi bilyabman.
Yig`laganingda yig`lab, kulganingda kulyabman,
Bolam, shu el seniki, dardi bilan yon bolam,
Yonolmasang, o`sha kun insonlikdan ton bolam. {x3}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bolam
Xonanda:
Tojibar Azizova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 12, 2017