Tojibar Azizova – Intizor kutdim

Tojibar Azizova

Intizor kutdim

Seni shirin o`y bilan intizor kutdim,
Yo`llaringga mushtoq-u jon nisor kutdim. (x2)

Va’dalari chin erur, ahdiga sodiq,
Deya dilni tinch etdim, beg`ubor kutdim. {x2}

Gulzor bo`ylab sayrni xush ko`rarding sen,
Mana senga intizor gulzor, yor kutdim.

She’r atasam sha’ningga, kuyga solarding,
She’rim mahtal kelaqol, bastakor kutdim. {x2}

Qalbim ziyosi, mohi bo`lib namoyon, {x2}
Muridingga ber qaror, beqaror kutdim.

Seni shirin o`y bilan intizor kutdim,
Yo`llaringga mushtoq-u jon nisor kutdim. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Intizor kutdim
Xonanda:
Tojibar Azizova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 21, 2017